PSJ sobiq futbolchisi Indoneziyada o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2026, 14:37
Ilgari PSJ va "Monako" safida o'ynagan himoyachi Leven Kyurzava faoliyatini Indoneziyada davom ettiradi.

33 yoshli fransiyalik futbolchi Indoneziyaning "Persib Bandung" jamoasiga erkin agent sifatida qo'shildi. 

U o'tgan yil yozidan beri "Boavishta"dan ketganidan buyon jamoasiz edi.

Kyurzava Indoneziyada 3-raqam ostida maydonga tushadi.

Avvalroq u PSJ, "Fulxem" va "Monako" jamoalarida to'p tepgan. Fransiya terma jamoasi safida esa 13 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.

Ma'lumot uchun, "Persib" Indoneziya chempionatining 18-turidan keyin 41 ochko bilan musobaqa jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: skor.id