PSJ Sancho uchun kurashga qo'shildi, ularning asosiy raqobatchisi - MYU

Aslanov Jasurbek
5 mar 2019, 12:25
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ 18 yoshli futbolchi uchun kurashga qo'shildi. Parijliklardan tashqari xavbekka "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Borussiya" bu klublar qiziqishidan xabardor va ko'proq mablag' taklif qiladigan klubga Sanchoni sotishi mumkin. Taxminlarga ko'ra, futbolchining narxi 100 mln. funtgacha chiqishi mumkin.

Oldinroq, angliyalik yarim himoyachiga "Real", "Barselona" va "Bavariya" qiziqayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph