PSJ "Real"ning asosiy yarim himoyachisini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
25 okt 2018
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Real" yarim himoyachisi Toni Kroosning jamoaga jalb etilishini istamoqda.

Germaniyalik mutaxassis o'z vatandoshini Fransiya klubiga olib o'ta olishiga ishonmoqda. PSJ Kroos uchun "Manchester Yunayted" bilan kurash olib boradi.

Toni "Real"dagi 5-mavsumini o'tkazmoqda. U "Bavariya"dan "Real"ga o'tgandi. U "qirollik klubi" tarkibida 200dan oshiq o'yinlarda qatnashdi va jamoa bilan 3 marta YCHL hamda 1 marta Primero g'olibligini ko'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal