PSJ "Real" vingeriga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
5 apr 2024
Fransiyaliklar Vinisius Junior uchun 200 million evro to'lashga tayyor.

Fransiyaning PSJ klubi "Real"ning braziliyalik vingeri Vinisius Juniorga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "El Debate".



Qayd etilishicha, parijliklar 23 yoshli braziliyalik uchun 200 million evro to'lashga shay. Vinisius Juniorga PSJdan tashqari Angliyaning "Chelsi" va "Liverpul" klublari ham og'iz solgan, ammo vingerning o'zi "Real"da qolishni istaydi.

Vinisius Junior joriy mavsum "Real" safida 28 ta o'yinda qatnashib, 18 ta gol urdi va 6 ta golga pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Debate