PSJ Qatarda Vinisius bilan muzokara olib boradi

Sherzod Nurmatov
23 noya 2022, 13:42
Parij klubi "Real" yulduzi Vinisius Juniorni o'ziga og'dirish uchun Qatarda ish olib boradi.

Fransiya chempioni prezidenti Nosir Al Helayfi Jahon chempionati vaqtida Vinisius Junior va uning vakillari bilan Qatarda muzokaralar o'tkazadi. Braziliyalik hujumchi Madrid klubi bilan 2024 yilda yakun topadigan shartnomaga ega. Ushbu bitimning yangilanishiga hech qanday shubha bo'lmasa-da, hozirgacha aniq bir taklif bo'lganicha yo'q. PSJ bunday noaniqlikdan foydalanib qolmoqchi.

Vinisius ushbu mavsumda "qirollik klubi" tarkibida turli musobaqalarda 21 ta o'yinda ishtirok etdi va 14 bor samaradorlik ("10+4") ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional