PSJ prezidenti Saudiya Arabistoni klublarini YCHLdagi ishtiroki haqidagi savolga javob berdi

Aziz Tukhtamuradov
9 sen 2023, 09:45
PSJ klubi prezidenti Nosir Al Helayfi Saudiya Arabistoni klublarining Yevropa chempionlar ligasidagi ishtiroki haqida gapirdi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni klublari Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etish bo'yicha UEFA bilan muzokara olib borayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

"Yevropadan bo'lmagan qaysidir jamoa ushbu musobaqada qatnashadi deb o'ylamayman. Kelajakda nima bo'ladi bilmayman, ammo ayni paytda boshqa jamoalar Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi.

Agar bu Superkubok yoki boshqa shunga o'xshash musobaqa bo'lsa, nima uchun yo'q?", - dedi Helayfi.

Ma'lumot uchun, Helayfi PSJ prezidenti bo'lish bilan bir qatorda, Yevropa klublari assotsiatsiyasi rahbari ham hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: RMC Sport