PSJ prezidenti: "Neymar va Mbappening munosabatlari yaxshi"

Tolibjon Qosimov
21 iyul 2018
PSJ prezidenti Nosir Al-Xelaifi jamoa hujumchilari Neymar va Kilian Mbappening kelishmovchiligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Neymar va Mbappening munosabatlari juda yaxshi, ular bir-biri bilan yaxshi kelishadi. Qolgan barchasi - jurnalistlar o'ylab topgan narsalar. Ularning o'zaro dushmanlashishi imkonsiz. Ular birga o'ynashdan mamnun. Avgust boshida ular klub ixtiyoriga qaytishadi. Neymar va Mbappening hech biri PSJdan kyetmaydi", - dedi Al-Xelaifi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com