PSJ prezidenti: "Klublar o'rtasidagi jahon chempionati futbolchilarning ish yukini sezilarli darajada oshirmaydi, chunki..."

Sherzod Nurmatov
10 dek 2024
PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi kelasi yili AQSHda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yangi formati haqida gapirdi.

"Turnir tanqid qilindi, ammo endi tosh otishni to'xtatib, ijobiy va konstruktiv bo'lish vaqti keldi. Musobaqa o'tkaziladi va bu ajoyib. Men bu hafta Mayamida bo'ldim va kutish hissi paydo bo'ldi: biz futbolni sportdagi eng muhim bozorga olib kelyapmiz.

Turnir ishtirokchi klublar hamda turnirda ishtirok etmayotgan jamoalar uchun katta daromad keltiradi va bu futbol ekotizimining rivojlanishiga hissa qo'shadi. Bu futbolni nafaqat Yevropacha, balki globalroq qiladi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati futbolchilarning ish yukini sezilarli darajada oshirmaydi, chunki turnir har to'rt yilda bir marta va kam sonli klublar uchun o'tkaziladi. O'yinchilarga bosimni oshiruvchi narsa – 20 jamoadan iborat milliy ligalar, ikkita ichki kubok, takroriy o'yinlar, o'rtoqlik o'yinlari va ko'rgazmali o'yinlar, shuningdek, murabbiylarning rotaciyaga qo'l urmasligi".

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qur'a tashlandi!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News