PSJ Pogba bilan shartnoma imzolamaydi. Sababi ma'lum

Sherzod Nurmatov
31 may 2022, 22:25
Sport direktori klubni tark etgach, parijliklarning rejalari o'zgardi.

L’Équipe xabariga ko'ra, PSJ shu yozda "Manchester Yunayted"dan erkin agent sifatida ketadigan fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogbani sotib olish fikridan qaytgan, chunki futbolchini olib kelishni istagan sport direktori Leonardo klubni tark etgan. Pol bilan kelishuv tuzish tez orada PSJning yangi sport direktori bo'ladigan Luish Kampushning rejalarida yo'q. 

Fransiyalik yarim himoyachi katta ehimol bilan "Yuventus"ga o'tadi. Uning yangi agenti Rafaela Pimenta allaqachon “Yuventus” rahbariyati bilan uchrashgan. Har ikki tomon hamkorlikdan manfaatdor ekanligini bildirgan, biroq muzokaralar hali ilg'or bosqichga chiqmagan.

Pol Pogba yakuniga etgan mavsumda "Manchester Yunayted" safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L’Équipe