

Dushanba, 8 iyulda, Neymar PSJning mavsumoldi mashg'ulotlariga qaytishi kerak edi. PSJ Neymarning belgilangan joyga kelmaganini ma'lum qiladi. Bu klubning ruxsatisiz amalga oshirildi. Jamoa mazkur yuzaga kelgan vaziyatdan afsuslangan holda belgilangan tartibdagi choralarni ko'radi – deyiladi parijliklarning rasmiy saytida.
Avvalroq, Neymar Barselonaga qaytishini tezlashtirish uchun Kataloniyaga bormoqchiligini ma'lum qilgandik.



