PSJ Neymarga 38 mln evro taklif qiladi

Mirjalol Normatov
19 apr 2020, 11:34
PSJ "Barselona"ga o'tishni istayotgan Neymarni tarkibda saqlab qolmoqchi.

parij klubi sport direktori Leonardo 28 yoshli braziliyalikka 2025 yilga qadar mo'ljallangan yiliga 38 million evrolik maosh taklif qiladi, deb xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Neymarning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Ayni damda u yiliga 31 mln evro maosh olmoqda. Bu borada u Leo Messi va Krishtianu Ronaldudan keyingi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport