PSJ muxlislari “Lion”ga qarshi uchrashuvdan avval Messiga hushtak chalishdi

Alisher
3 apr 2023, 08:13
PSJ hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining 29-turidan o'rin olgan “Lion”ga qarshi o'yin (0:1) oldidan mezbon muxlislari tomonidan hushtakbozlikka uchradi.

 Muxlislarning ushbu ishni qilishlariga Messining “Barselona”ga qaytish fikri paydo bo'lgani sabab sifatida ko'rsatilmoqda.

Ma'lumot uchun, PSJ qatorasiga ikkinchi uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Avvalroq parijliklar Rennga (0:2) hisobida imkoniyatni boy bergandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com