PSJ murabbiyi Mbappening kamchiligini aytdi

Alisher
25 iyun 2020, 15:47
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxelning murabbiylar shtabidagi Zumana Kamara jamoa hujumchisi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

"Kilianni aytish mumkin bo'lgan yagona xatosi maydonga tushishi bilanoq, o'zining barcha qobiliyatlarini namoyish etishga intilishidir.

U shunchaki gollar urish o'rniga, dribling va to'p bilan chiroyli harakatlar qilishga e'tibor qaratmoqda. Mbappe hali yosh bo'lsa-da vaqt o'tishi bilan yaxshilanib boradi", - deydi mutaxassis.

Mbappe joriy mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Parisfans.fr.