PSJ "Monako"ning yana bir futbolchisi uchun 60 mln. evro taklif qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 avg 2017, 12:47
PSJ avvalgidek "Monako" yarim himoyachisi Fabinoni xarid qilish niyatida.

Parijliklarning 45 mln. evrolik ilk taklifi monegasklar tomonidan rad etilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ 60 mln. evrolik yangi taklif yuborishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, PSJ 25 yoshli "Portu" yarim himoyachisi Danilu Pereyraga ham ko'z tikmoqda. Uning shartnomasidagi tovon puli 60 mln. evro. Biroq 23 yoshli Fabino Parij klubining asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Figaro