PSJ "Milan" o'yinchisi uchun 20 million taklif qildi

Alisher
2 may 2020, 14:24
PSJ "Milan" yarim himoyachisi Lukas Paketa bilan shartnoma imzolamoqchi.

Parij klubi futbolchi uchun milanliklarga 20 million evro taklif qildi.

"Milan" esa bu taklifga rad javobini berdi. Ular o'tgan yili Paketa uchun to'langan puldan ikki baravar kamiga uni sotib yuborishmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, "Milan" Paketa uchun "Flamengo"ga 38,4 million evro to'lagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com