PSJ Messining taqdimoti uchun Eyfel minorasidan foydalanishi mumkin

Alisher
7 avg 2021, 14:00
PSJ "Barselona" sobiq hujumchisi Lionel Messining taqdimotida Eyfel minorasidan foydalanishi mumkin.

Jurnalist Xose Alvaresning ma'lumotiga ko'ra, Parij klubi minorani seshanba kuniga, aniqrog'i 10 avgustga ijaraga oldi.

PSJ 2017 yilda "Barselona"dan xarid qilingan Neymarni namoyish etishda minoradan foydalangan.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Messi parijliklar bilan "2+1" ko'rinishidagi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Lance