PSJ Messi bilan yangi shartnoma imzolashga ishonmoqda

Administrator
4 noya 2022, 23:53
Klub futbolchining ahamiyatini yaxshi anglab turibdi.

PSJ klubi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonmoqda. Messining o'zi YCHL pley-offiga yo'llanma olinganidan so'ng bor e'tiborini Jahon chempionatiga qaratmoqda va o'z atrofidagi barcha insonlarga chempionat tugamasidan kelajagi haqida savol bermaslikni so'ragan. Jahon chempionatidan so'ng futbolchi bir qarorga keladi.

PSJ esa Messining maydonda va maydon tashqarisidagi tijoriy maqsadlarda qanchalik kerakli ekanligini har doimgidan ham yaxshiroq anglagan. Klub Jahon chempionatidan so'ng Messiga 1+1 ko'rinishidagi yangi shartnoma taqdim etishga tayyor. Klub Messi bu shartnomaga rozi bo'lishiga ishonmoqda. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: BBC