PSJ Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
14 iyul 2022, 17:17
PSJ rahbariyati hujumchi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirishga qiziqmoqda.

Amaldagi bitim 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Parijliklar uni 2024 yilga qadar uzaytirishmoqchi.

Lionel Messining Qatardagi JCHdan so'ng qaror qabul qilishi kutilmoqda. PSJ argentinalik Fransiyada ko'nikish hosil qilganiga va yangi mavsumda "Barselona"dagidek yorqin o'yinlarni ko'rsatishiga ishonchi komil.

PSJ shuningdek Messini iqtisodiy va imij nuqtayi nazaridan ko'rib chiqmoqda. Forvard kelganidan so'ng parijliklar 10ta yangi homiylik shartnomalariga imzo chekishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca