PSJ Mbappega yangi shartnoma taklif qiladi: 5 yil va 36 million evro

Alisher
7 okt 2021, 15:18
PSJ jamoadan ketishni xohlayotgan hujumchi Kilian Mbappeni o'z safida olib qolmoqchi.

Parijliklar 22 yoshli francuzga 5 yillik yangi shartnoma va 36 million evrolik maoshga ega yangi shartnoma taklif qilishga tayyorlar. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Oldinroq, Mbappening onasi Fayza Lamari o'g'lining PSJ bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari yaxshi ketayotganini xabar qilgan edi.

Shu vaqtda "Real" ham unga dastlabki taklifni berdi. Mbappega 6 yillik shartnoma va 40 million evrolik maosh taklif qilindi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira