PSJ Mbappe bilan shartnomani bir yil ichida transfer kafolati bilan uzaytirmoqchi. Klub uni tekinga qo'yib yubormoqchi emas

Aslanov Jasurbek
20 okt 2021, 20:58
PSJ 2022 yilning yozida erkin agentga aylanadigan hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

Klub sport direktori Leonardo Kilian atrofidagilar bilan doimiy aloqada. Parijliklar 22 yoshli futbolchini klubda qolishga ko'ndirmoqchi. Unga PSJ tarkibida asosiy tarkibdagi o'rin kafolatlangan.

PSJ Mbappega qisqa muddatli shartnoma taklif qilmoqchi va unga bir yildan so'ng boshqa klubga o'tishni kafolatlamoqchi. Parijliklar Kilianning roziligidan umidvor hisoblanadi, chunki ular uni tekinga qo'yib yuborishni istamaydi.

Eslatib o'tamiz, Mbappega asosiy da'vogar "Real" klubi hisoblanadi.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsum Liga 1'da 10 ta o'yinda 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/AbdellahBoulma