PSJ Kulibali bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
3 avg 2021, 18:34
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

O'yinchiga PSJ qiziqish bildirmoqda.

Parij klubi sport direktori Leonardo Kulibalining PSJ markaziy himoyasida Serxio Ramos bilan o'ynashini xohlamoqda. Shu sabab parijliklar yaqin vaqtlarda transfer borasida muzokaralarni boshlashmoqchi. O'yinchiga "Manchester Yunayted" va "Everton" qiziqish bildirmoqda.

Kulibali o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le 10 Sport