PSJ keyingi yil Indoneziya klubi bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
23 avg 2016
Indoneziya chempionati ishtirokchisi "Bali Yunayted" keyingi yilning yanvar oyida Fransiya chempioni PSJga qarshi uchrashuv o'tkazishini tasdiqladi.

PSJning Indoneziyaga kelishidan sabab, Fransiya klubiga homiylik qiladigan "Multistrada" "Bali Yunayted" bilan hamkorlik shartnomasiga ega. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralarni aynan shu kompaniya olib borgan.

"Rejaga ko'ra PSJ Baliga yanvar oyida keladi.

Ha, "Bali Yunayted" PSJ bilan o'ynaydi" - deyiladi Indoneziya klubi rasmiy bayonotida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Channel Asia