PSJ ketma-ket ikkinchi yil Fransiya kubogini 1/8 finalda tark etdi

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2023, 08:47
"Pari-Sen-Jermen" jamoasi ketma-ket ikkinchi yil 1/8 finalda Fransiya kubogidan chiqib ketdi.

Kristof Galte jamoasi "Marsel"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. 

2022 yilda ular "Nicca"ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishgandi. 

Bungacha PSJ 2015-2021 yillar mobaynida 7 marotaba ketma-ket finalga chiqqan. Ushbu finallarning 6 tasida jamoa g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta