PSJ ispaniyalik futbolchini butunlay sotib oldi

Alisher
5 sen 2020, 17:42
"Pari Sen-Jermen" darvozabon Serxio Riko bilan to'laqonli shartnoma imzoladi.

27 yoshli ispaniyalik darvozabonning francuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

"Klub Serxioni tabriklaydi va unga PSJdagi faoliyatini davom ettirishda ulkan muvaffaqiyatlarni tilaydi", - deyiladi francuz klubi xabarida.

Riko "Pari Sen-Jermen"ga "Sevilya"dan 2019 yilda ijara asosida o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: psg.fr