PSJ Ikardini to'liq sotib olish bo'yicha muzokara olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
22 may 2020, 22:44
Parij klubi "Inter" forvardi Mauro Ikardini sotib olish istagida.

Italiyalik jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, PSJ Ikardi uchun Italiya klubiga 50 million evro va yana 10 million bonus sifatida taklif qildi.

Shu bilan birga, ijara shartnomasiga ko'ra Parij klubi 70 million evro evaziga futbolchini to'liq sotib olish huquqiga ega.

Takidlanganidek, tomonlar ehtimoliy transfer masalasi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqdalar.

Ikardi ushbu mavsumda Liga 1 doirasidagi 20 o'yinda qatnashib, 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano