PSJ hali ham Ronalduga qiziqmoqda

Alisher
8 iyul 2021, 10:38
PSJ hali ham "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga qiziqmoqda.

Fransiya klubi vakillari o'yinchining agenti Jorje Mendesh bilan aloqada bo'lib turishibdi.

Portugaliyalik futbolchi kelajagi borasida o'ylamoqda. U Parij klubi varianti juda qiziqarli deb hisoblamoqda.

Qayd etish kerakki, PSJ sport direktori shartnoma shartlarini portugaliyalik forvardning agenti bilan muhokama qildi.

Ronaldu o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida 44ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato