PSJ guruh bosqichida 24ta gol urdi, bu musobaqaning mutloq rekordi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2017, 09:41
PSJ YCHL 5-turida Seltikni 7:1 hisobida taslim qildi.

Marko Verratti tomonidan urilgan klubning guruh bosqichidagi 22-goli bo'ldi.

Keyinroq Edinson Kavani va Dani Alves 23 va 24-gollarni urishdi.

Shu tariqa, PSJ guruh bosqichida gol urish borasida mutloq rekordni o'rnatdi. Bunga qadar rekord Dortmundning Borussiya klubiga tegishli edi (21). 

Qizig'i, PSJ 6-turda o'z rekordini yangilash imkoniyatiga ega.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe