PSJ Fofana uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
6 iyun 2022, 18:01
PSJ "Lans" yarim himoyachisi Seko Fofana uchun da'vogarlik qilmoqda.

Bu "Monako" yarim himoyachisi Orelen Chuamenining transferi amalga oshmagan taqdirda, zaxira varianti hisoblanadi. Yosh xavbek hali "Real"ga o'tish xohishini ko'rsatmayapti.

"Lans" Fofanani 20 million evro evaziga sotishga tayyor.

27 yoshli ivuarlik futbolchi o'tgan mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 38ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien