PSJ bugun yangi bosh murabbiyni tanishtiradi

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2022
“Nicca” ustozi Kristof Galte PSJning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

U dushanba kuni parijliklar bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Bugun, 5 iyulda esa PSJ Galteni ommaga tanishtiradi.

Fransiyalik mutaxassis Maurisio Pochettinoning o'rnini egallaydi. Pochettino 2021 yildan beri PSJ jamoasi boshqarib kelayotgandi.

55 yoshli Galte “Nicca” tashqari, “Sent-Etena” va “Lill”da faoliyat olib borgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L'Équipe