PSJ boshqa stadionga ko'chishi mumkin

Оқил Абдубарноев
23 noya 2022
PSJ jamoasi 1974 yildan beri o'ynab kelayotgan "Park de Prens" stadionini tark etishi mumkin. Bu haqda klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, klub Parij shahri meri bilan stadionni kengaytirish va yaxshilash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Muzokaralar bir yildan ortiq davom etmoqda, ammo kelishuv oldinga siljimayapti.

"Parij shahri meri bizni ko'chishga undamoqda", dedi Al-Xelayfi.

PSJ prezidenti klub kuchgan taqdirda uchta variant borligini ta'kidladi. Shu bilan birga, Nosir qaysi arenalar haqida gapirayotganini aytmadi.

Parijliklar ayni damda Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Business