PSJ "Barselona" bilan Veynaldum uchun kurashadi

Alisher
13 mar 2021, 16:58
"Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etayotgan yarim himoyachi Jorjino Veynaldum transfer oynasida katta talabga ega bo'lmoqda.

30 yoshli xavbekni PSJ o'z safiga qo'shib olmoqchi. Parijliklar o'yinchi uchun "Inter" va "Barselona" bilan raqobat qilishga tayyorlar.

Oldinroq "ko'k-anorranglilar"ning Veynaldumga uzoq muddatli shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar yangragan edi.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato