

"Benfika" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enco Fernandes faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "RMC Sport" xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga PSJ klubi qiziqish bildirmoqda.
Futbolchiga "Real", "Barselona", "Liverpul" va "Arsenal" ham qiziqish bildiryapti.
Eslatib o'tamiz, Fernandes Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022ning eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi. Argentina terma jamoasi finalda Fransiya terma jamoasini (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:2) mag'lub etib, turnir g'olibiga aylandi.



