

Ma'lumotlarga ko'ra, 11 yoshli Kilian Mbappe Ndumbe Yaba Fransiyadagi futbol maktabida tahsil olmoqda. "Manchester Yunayted" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba ham ushbu maktabda futbol sirlarini o'rgangan. PSJ vakillari kichkina Mbappening otasi bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Hammaga mashhur Kilian Mbappe joriy mavsum Liga 1ning 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 18ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.



