Pro liga. Bugun Yaypanda Farg'ona derbisi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2020, 07:49
Bugun Pro ligada 5-turning so'nggi uchrashuvi o'tkaziladi.

Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida Farg'ona shahrining ikki klubi "Istiqlol" va "Neftchi" o'zaro to'qnash kelishadi. Mazkur bahs "Futbol TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi.

O'tgan mavsum bu klublar Pro liga doirasida 4ta o'zaro o'yin o'tkazishgan. "Istiqlol" hisobida 3ta g'alaba va bitta durang bor. Yani "Neftchi" bu klubni mag'lub eta olmagan.

Pro liga, 2019 yil

"Istiqlol" - "Neftchi" 3:2
"Neftchi" - "Istiqlol" 0:1
"Istiqlol" - "Neftchi" 1:0
"Neftchi" - "Istiqlol" 0:0


Bu mavsum ortda qolgan 4ta turda "Neftchi" 2ta g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat qayd etib, 7 ochko to'pladi. "Istiqlol" esa 4ta o'yindan 2tasida g'alaba qozondi va 2tasida mag'lub bo'ldi. Bugungi o'yinda g'olib bo'lgan klub musobaqa jadvalida 3-o'ringa chiqib oladi.



ISTIQLOL – NEFTCHI
9 sentyabr 2020 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 16:30 (Futbol TV LIVE)
Hakamlar:
Akmal Rahimov, Islom Nosirov, Abduxamid Abduraimov
Nazoratchi: Shuxrat Bozorov
Komissar: Jamshid Imomov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia