Pro liga. Bugun faqat yuqori beshlik jamoalari uchun qur'a tashlab beriladi

Narzulla Saydullayev
12 sen 2022, 13:03
Pro liga II bosqichiga qur'a tashlashda bugun yuqori beshlik klublariga e'tibor qaratiladi.

Quyi beshlik klublari uchun qur'a marosimi shu haftaning ikkinchi yarmida o'tkaziladi.

Boisi, “Zomin”, “Yangier”, “Aral samali” futbol klublari O'zPFL oldidagi majburiyatlarini shu vaqtga qadar bajarmay kelmoqda. Mazkur klublarga 14 sentyabr sanasiga qadar masalani hal qilish uchun muddat berildi. Aks holda ular II bosqich oldidan musobaqadan chetlashtiriladi.


Pro ligada birinchi bosqich yakunlandi. Endi jadval teng ikkiga bo'linadi        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz