Prevyu. “So'g'diyona” - “Qo'qon-1912”

Narzulla Saydullayev
18 okt 2018
Superliga 26 -tur doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida “Qo'qon-1912” ni qabul qiladi. E'tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU  MAVSUMDA

Birinchi davra 8-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Qo'qon-1912” ni qabul qildi va ushbu uchrashuvda durang qayd etilgandi. O'yinning 5- daqiqasida Murod Xolmuxammedov penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, 57- daqiqada Doniyor Xasanovning uzatmasidan so'ng Sardorbek Azimov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lgan (1:1).

Superliga 19-turida "So'g'diyona" Qo'qonda “Qo'qon-1912” ga qarshi bahs olib borgan edi. Bahsning 54- daqiqasida Qo'vondiq Ruziev hisobni ochgan bo'lsa, 76-daqiqada jarima zarbasidan Sanjar Rashidov hisobni tenglashtirgan edi. 83-daqiqada esa Murod Xolmuxammedov penaltidan unumli foydalanib,hisobni oshirgan edi (2:1).


O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona”  va “Qo'qon-1912”  oliy ligada 22 bor, Superligada esa 2 marta to'qnash kelgan. “So'g'diyona” hisobida 11 ta , “Qo'qon-1912” hisobida 8 ta g'alaba mavjud. 5 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik jizzaxliklar  tomonda 39:30 . “So'g'diyona” 38 ochko,  “Qo'qon-1912”  29 ochko to'plagan.



“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:

25.04.2018 So'g'diyona – Qo'qon-1912 1:1
19.11.2017 So'g'diyona – Qo'qon-1912 2:1
29.10.2016 So'g'diyona – Qo'qon-1912 1:1
26.06.2015 So'g'diyona – Qo'qon-1912 2:1
14.09.2002 So'g'diyona – Qo'qon-1912 1:0
10.05.2000 So'g'diyona – Qo'qon-1912 3:2
25.09.1999 So'g'diyona – Qo'qon-1912 1:1
14.08.1998 So'g'diyona – Qo'qon-1912 5:2
06.09.1995 So'g'diyona – Qo'qon-1912 4:0
03.11.1994 So'g'diyona – Qo'qon-1912 3:0
29.09.1993 So'g'diyona – Qo'qon-1912 1:0
26.08.1992  So'g'diyona – Qo'qon-1912 1:0



O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

Jizzaxdagi 12 ta o'yindan 9 tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Jizzaxliklar o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda qo'qonliklarga 3 ochkoni boy bermagan.

O'YIN VAQTI VA JOYI

Yoshlar ligasi bahsi 18 oktyabr kuni soat 15:00 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 19 oktyabr  kuni  soat 18:00 da “So'g'diyona” stadionida o'tkaziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz