Prevyu. "Paxtakor" - "Navbahor"

Narzulla Saydullayev
7 may 2016, 08:05
Oliy liganing 8-turida "Paxtakor" klubi o'z uyida "Navbahor"ni qabul qiladi.
Paxtakor (Toshkent) – Navbahor (Namangan)
7 may 18:00. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:00
Hakamlar
: O. Tolibjonov (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy ligada 48 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 31 ta o'yinda “sherlar”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 ta uchrashuvda “lochinlar” g'olib bo'lishgan. Olti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga. “Sherlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 82 ta gol kiritib o'z darvozalaridan 36 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 99 ochkoni, “Navbahor” esa 39 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Navbahor” ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi toshkentliklarning eng yirik hisobidir. “Navbahor”ning o'zaro o'yinlardagi “sherlar” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

2015 yildagi o'yinlarning ikkalasida ham “Paxtakor” zafar quchgan. Toshkentdagi bahsda Stanislav Andreev tomonidan urilgan gol “sherlar”ga g'alaba keltirgan – 1:0. Namangandagi uchrashuvda esa Kaxi Maxaradze to'p kiritib “Paxtakor”ning g'alabasini taminlagandi – 1:0.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01.05.2015  Paxtakor – Navbahor  1:0
20.05.2014  Paxtakor – Navbahor  2:1
03.03.2013  Paxtakor – Navbahor  2:0
21.06.2012  Paxtakor – Navbahor  2:1
15.05.2011  Paxtakor – Navbahor  2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Paxtakor” o'z uyida 18 yildan buyon bu raqibni uzluksiz ravishda mag'lub etib kelmoqda. “Navbahor” oxirgi marta 1997 yilda Toshkentda “Paxtakor”ga yutqazmagan (2:2). “Lochinlar” “sherlar”ni safarda 1995 yilda mag'lub etishgan – 2:1.
 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia