Prevyu. "Olmaliq" - "Dinamo"

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2015, 10:27
Igor Shkvirin boshchiligidagi "Olmaliq" klubi o'z maydonida Tachmurod Agamurodov ustozik qilayotgan "Dinamo"ni qabul qiladi.
Olmaliq (Olmaliq) – Dinamo (Samarqand)
1 iyul 2015. Olmaliq. “OKMK” stadioni. 19:30
Hakamlar
: A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
 
“Olmaliq” va “Dinamo” oliy ligada 14 bora to'qnash kelishgan. Olti bor “Olmaliq” zafar quchgan, “arslonlar” 5ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 3ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbatida ham usutnlik olmaliqliklarda - 18:17. O'zaro o'yinlarda “Olmaliq” 21, “Dinamo” 18 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Dinamo”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:2ga teng. “Olmaliq”ning eng yirik g'alabasi esa 3:1.

2014 yilgi mavsumda Olmaliqdagi o'yinda Diyor Turopov (2ta) va Zafar Polvonovning gollariga mehmonlardan Azamat Bobojonov javob bergandi – 3:1. Samarqandda esa mezbonlar zafar quchishgan. Sanat Shixov hisobni ochgan, Darko Stanoevich o'z darvozasiga gol urib qo'ygandi. Uchrashuv so'nggida “Olmaliq” vakili Islombek Isoqjonov hisobni qisqartirgandi – 2:1.

Olmaliqda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.10.2014 Olmaliq - Dinamo 2:1
23.10.2013 Olmaliq - Dinamo 3:2
25.06.2012 Olmaliq - Dinamo 1:2
13.08.2011 Olmaliq - Dinamo 1:1
05.08.2010 Olmaliq - Dinamo 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Olmaliqdagi 7ta o'yindan  to'rttasida “Olmaliq” g'olib bo'lgan, bir marta “Dinamo” zafar quchgan. Ikki bor durang hisobi qayd etilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia