Prevyu. "Lokomotiv" - "Nasaf"

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2021, 10:59
Superligada yuzaga kelgan tanaffus ham o'z nihoyasiga etdi.

"Nasaf" Superligadagi yurishini poytaxtda davom ettiradi. "Ajdarlar" chempionatning 13-turida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv 30 iyul kuni soat 20:00 da "Lokomotiv" stadionida boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Ushbu jamoalar O'zbekiston chempionatida shu kungacha 32 bor kuch sinashishgan. Ustunlik ajdarlar tomonida. Bo'lib o'tgan 15 uchrashuvda qarshiliklar, 11 o'yinda esa "temiryo'lchilar" zafar quchishgan. 6 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

To'plar nisbati 44:33 ga teng.

O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar bir xil ko'rinishda: "Nasaf" – "Lokomotiv" 5:1, "Lokomotiv" – “Nasaf” 5:2.

Jamoalar so'nggi o'zaro uchrashuvni 2020 yili 3 dekabr kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionida o'tkazgan. Bu uchrashuvda hisob ochilmagan.

E'tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

03.12.2020 Nasaf - Lokomotiv 0:0
27.08.2020 Lokomotiv - Nasaf 0:4
17.08.2019 Lokomotiv - Nasaf 1:0
26.05.2019 Nasaf - Lokomotiv 0:1
18.07.2018 Lokomotiv - Nasaf 3:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати