

29 yoshli yarim himoyachi "Liverpul" bilan o'zining "Enfild"dagi shartnomasining oxirgi olti oyligiga kirdi. Futbolchining o'zi yozda boshqa klubga o'tishni istaydi va bunga Mersisayd klubi ham qarshi emas. Oksleyd-Chemberlen Qatardagi Jahon chempionatidan keyin ichki chempionatlar davom ettirilgach Yurgen Klopp tomonidan 5 ta o'yinda maydonga tushirilganiga qaramay, yanvar oyidayoq boshqa klubga o'tishi kutilmoqda.
Maydon markazining barcha nuqtalarida o'ynay oladigan futbolchi joriy mavsum "qizillar" libosida turli turnirlarda jami 9 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta gol urishga erishdi.



