Potter "Siti"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi

Aziz Tukhtamuradov
6 yanv 2023, 09:11
"Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potter "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida gapirdi.

"Sterling va Pulishichni erta yo'qotganimizni hisobga olsak, yigitlar maydonda borlarini berishdi. Bu top jamoaga qarshi ajoyib o'yin edi. Agar hisobga e'tibor qaratmaydigan bo'lsak, men futbolchilar bilan faxrlanaman. 

Bu og'irligini tushunib turibman. Biz birdam bo'lishimiz lozim. Lekin biz jarohat bilan o'zimizni oqlamasligimiz zarur. Yigitlar maydonda borlarini berishdi. "Manchester Siti" esa ko'p imkoniyat berib qo'yadigan jamoa emas.

Muxlislar ham jamoani qo'llab turishdi va futbolchilar qo'ldan kelganicha harakat qilishganini ko'rishdi", - dedi Potter. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC