Potter "Fulxem" bilan 1:2 haqida: "Chelsi" boshida o'yinni nazorat qildi. 10 kishi bo'lib yaxshi o'ynadik"

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2023, 14:28
Grem Potter "Fulxem"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

"O'ylashimcha, biz boshida o'yinni nazorat qildik, bir nechta vaziyatlar yaratdik, balki oxirgi pasni o'tkazib yubordik. Ular gol urgan epizodlarda bir nechta xatoga yo'l qo'ydik.

Ikkinchi taymda yaxshi harakat qildik deb o'ylayman, keyin qizil kartochka o'yinni o'zgartirdi. Biroz qiynaldik, lekin menimcha, 10 kishi bo'lsakda, juda yaxshi o'ynadik.

O'tkazib yuborgan golimizdan hafsalam pir bo'ldi, chunki o'sha vaziyatda yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Ishlashni davom ettirishimiz kerak, boshqa echim yo'q. Birlashishimiz va uch ochko olishga harakat qilishimiz lozim", – dedi "Chelsi" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC