Portugaliyalik futbolchi uchun Yevropaning ikki grand klubi kurashmoqda

Alisher
17 sen 2019, 11:36
"Benfika" himoyachisi Ruben Diash faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, 22 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted" skautlari kuzatmoqda.

"Qizil iblislar" futbolchini jarohat olgan Erik Bayining o'rniga nomzod sifatida ko'rishmoqda.

Diashga shuningdek "Yuventus" klubi ham qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Benfika" futbolchisi 2018 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato