Portugaliya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasida qatnashadigan 23 kishilik tarkibi ma'lum

23 may 2019, 19:20
Portugaliya termasi UEFA Millatlar ligasida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Betu (Geztepe), Joze Sa (Olimpiakos), Ruy Patrisiu (Vulverxempton);

Himoyachilar: Joau Kanselu (Yuventus), Nelson Semedu (Barselona), Joze Fonte (Lill), Pepe (Portu), Ruben Diash (Benfika), Mariu Ruy (Napoli), Rafael Gerreyru (Borussiya D).

Yarim himoyachilar: Danilo Pereyra (Portu), Ruben Nevesh (Vulverxempton), Vilyam Karvalyu (Betis), Brunu Fernandesh (Sporting), Joau Moutinyu (Vulverxempton), Picci (Benfika), Bernardu Silva (Manchester Siti).

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Yuventus), Gonsalu Gedesh (Valensiya), Rafa Silva (Benfika), Diogu Jota (Vulverxempton), Diego Souza (Braga), Joau Feliks (Benfika).

UEFA Millatlar ligasi yarim finalida Portugaliya Shveytsariya bilan o'ynaydi. Uchrashuv 6 iyun kuni o'tkaziladi. Ikkinchi finalchi Gollandiya - Angliya bahsida aniqlanadi. 

Final va 3-o'rin uchun o'yinlar 9 iyun kungi dasturdan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: fpf.pt