Portugaliya Millatlar Ligasidan qancha ishlab oldi?

Alisher
10 iyun 2019, 11:44
Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasi chempionligidan so'ng qancha ishlab olgani ma'lum bo'ldi.

Portugaliyaliklar musobaqadagi g'alaba uchun 10,5 million evro miqdoridagi mukofot pullarini qabul qilib olishdi.

Jamoa A divizionidagi ishtiroki va guruhdagi g'alabasi uchun 2,25 million evrodan olishdi. Finaldagi muvaffaqiyat uchun esa yana 6 millionga ega bo'lishdi.

Gollandiyaliklarga esa finalga chiqqanliklari uchun 4,5 million berildi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyaliklar bundan 3 yil oldingi Evrodagi g'alabalari uchun 25,5 million evro ishlab olgan edilar.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Record