

"Sporting" va "Portu" klublari o'rtasidagi to'qnashuvlar qachon, qaysi musobaqada bo'lishidan qatiy nazar, muxlislar qiziqishlariga sabab bo'lib kelgan. Bugun shunday uchrashuvlardan yana biri o'tkazildi. Joriy mavsum ishlari yurishmayotgan "Sporting" o'z maydonida "Portu"ga yutqazib qo'ydi. Bu o'yindan keyin lissabonliklar chempionlik kurashidan butkul chiqib ketishdi.
Portugaliya Superligasi musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Sporting – Portu 1:2
5 yanvar, 22.30, Joze Alvalade
Gollar:
0:1 – 6 Marega, 1:1 – 44 Akunya, 1:2 – 73 Soares.
Sporting – Luish Mashimianu, Koates, Ristovski (Rafael Kamashu, 79), Mate, Vendel, Dumbiya (Plata, 79), Akunya, Brunu Fernandesh, Bolazi (Xese, 86), Vetto, Luis Fellipe.
Portu – Marchesin, Pepe (Mbemba, 24), Markano, Telles, Uribe, Otavio (Serjiu Oliveyra, 86), Danilu Pereyra, Korona, Nakadzima (Dias, 66), Marega, Soares.
Ogohlantirishlar:
Uribe (17), Akunya (22), Telles (29), Brunu Fernandesh (36), Markano (68), Dumbiya (71), Soares (74), Vendel (78), Otavio (81), Xese (90).




