"Portu" Felipe Andersonni "Vest Xem"dan xarid qilmaydi

Alisher
15 may 2021, 15:10
"Portu" "Vest Xem"dan ijara asosida o'ynayotgan Felipe Andersonni xarid qilmaydi.

28 yoshli braziliyalik futbolchi klub rahbariyati mehrini qozona olmadi va mavsum so'nggida Angliyaga qaytadi.

London klubi esa o'yinchini yozgi transfer oynasida sotmoqchi, sababi u "Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyesning rejalariga kirmaydi.

Felipe Anderson joriy mavsum "Portu" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: UOL