Portlashdan shikastlangan Mark Bartra muxlislarga murojaat qildi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2017
Kecha Monakoga qarshi o'yindan oldin Dortmundda sodir bo'lgan portlash natijasida tan jarohati olgan Borussiya klubi himoyachisi Mark Bartra o'z fikrlarini bildirdi.

Barchaga salom! O'zimni yaxshi his qilayapman, qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat.

YCHL chorak finalida Monakoga qarshi o'yinda Borussiyaga muxlislik qilamiz, – deb yozadi Bartra instagramdagi sahifasida.

Kecha Borussiya avtobusi yonida uchta portlash yuz berdi. Bartraning qo'li jarohat oldi va operaciya qilindi. Bahs bugunga qoldirildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/marcbartra