

Bu haqda Polsha sport va turizm vaziri Vitold Banka aytdi.
"Qiyin topshiriqqa duch kelgan haqiqiy professionallar eng yuqori cho'qqilarni zabt etishlari kerak. Nihoyat bizda jahon chempionatida g'olib bo'lish uchun kurasha oladigan jamoa borligidan xursandman.
Guruhdan chiqishimizga ishonaman va agar Rossiya ham bu vazifani uddalasa, ular bilan to'qnash kelishimiz mumkin. Bu ajoyib ish bo'lardi. Polsha 2:0 hisobida g'alaba qozonishiga ishonaman" - deydi Banka.



