Pol Pogba: "Inesta, Modrich, Kroos, Silva, De Bryuyne, Ture va Diabi – men uchun ularning barchasi eng zo'ri"

Mirjalol Normatov
1 iyun 2018, 19:12
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba o'z poziyasida o'ynaydigan eng yaxshi futbolchilar haqida gapirdi.

"Ilk navbatda "Barselona"da ajoyib faoliyat olib borgan Andres Inestani tanlayman. Keyin esa - Luka Modrich, Toni Kroos, David Silva, Kevin de Bryuyne, Yaya Ture va hatto Abu Diabini ham aytaman. Men uchun ularning barchasi eng zo'ri. Diabi ham kuchli yarim himoyachi edi, biroq u ko'p jarohat olardi.

Uning "Arsenal"dagi o'yinlarini ko'ring! Ajoyib o'yin ko'rsatgan. Biroq odamlar uni yoddan chiqarmoqda. Biroq men uni esdan chiqarmayman. Chunki uni hurmat qilaman, undan ko'p narsalarni o'rganganman", - dedi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eurosport.ru